Otam kulganida juda yayrayman,Olamga bir boshqa ko’zla qarayman, Ollohga shukur deb hech charchamayman, Otam tabassumin yaxshi ko’raman. O’z dardin hech qachon oshkor etmaydi, Bizni siqilmasin deya saqlaydi, Otam kulganida dunyo porlaydi, Otam tabassumin yaxshi ko’raman. Otam yuzlaridan bir nur yog’ilgay, Ko’zlari ham ajib bir hisga to’lgay, Meni otam doim duolar qilgay, Otam tabassumin yaxshi ko’raman. Otamga qo’shilib onam jilmayar, Bunda mening baxtim ming karra oshar, Ular kulganlarin ko’rib quvnayman, Otam tabassumin yaxshi ko’raman. Otam bilan onam doim sog’ bolsin, Meni tabassumla duo qilishsin, Men ham ular ko'nglin shod aylagayman, Otam tabbasumin yaxshi ko’raman.
|