Меню сайта

Навигация
СмС Табрик [8]
СмС Хазил [4]
Смс 8-март [1]
СмС янги-йил [1]
СмС Севги [120]
СмС Тост [2]
СмС Ота-Она [13]

поиск по сайту

Мини-чат

Статус

Реклама на сайте

Календарь

Главная

Регистрация

Вход
Приветствую Вас Гость | RSS


Dilshodbek Rakhimov


Шанба, 21.06.2025, 18:33
Главная » 2013 » Январь » 11 » Ота-Она
11:52
Ота-Она

Mehmon bo'ldim tushimda onam!

She'rni ohirgacha o'qishni maslahat beramiz.

Mehmon bo'ldi tushimda onam

Ko'zlarida tashvish iztirob,

Hayolida ming bir savollar

Yuzlarida ming bitta azob

Boshim uzra bo'lib ovora

Ming dard bo'lib farovush

Atrofimda bo'lib parvona

Savol bilan boqadi homush

Oh sochlari hiyol to'zg'igan

Qadoq qo'llar boshim silaydi

Ko'zlarimga tik boqib zimdan

Savoliga javob so'raydi

Eshitilar yurak urishi

So'zlarida mungli hayajon

O'glim gapir bu qandoq xolat

Nima bo'ldi senga bolajon

Aytgin bolam gunohing nima

To'rt devorga mahkumsan nechun

Bu qandayin temir panjara

Temir eshik nahot sen uchun

Aytgin o'g'lim yashirma mendan

Nahot qo'ling qonga botgandir

Kutmagandim yomonlik sendan

O'g'rilikka ko'ngling yotgandur yo kimningdur toptam nomusi

Tushirdingmi sha'nimizga dog'

Yo unutib bergan oq sutib

Ruhimizga qo'ydingmi oyoq

Balki bo'lib sen shuhratparast

O'zgalarni qildingmi behurmat

Ko'chalarda yurib mast alast

Padaringga keltirding lan'at

Ko'z ochaman yo'qdur madorim

Atrofimda tanish manzara

Temir eshik darchasi bilan

Yana usha temir panjara

Tong shu'lasi tuynuk ortidan

Ko'rinadi misli kapalak

Vo ajabo yostig'im uzra

Qo'nib turar mitti kapalak

Ey tabiat lolman sehringga

Buncha sirli bo'lmasang dunyo

Tushimdagi onam so'zlarin

Shu kapalak aytgandek go'yo

Onam ruhi bezovta bo'lib

Uchib kelmish kapalak timsol

Boshim uzra ohista qo'nib

Qayta qayta beradi savol

Onajonim! meni kechiring!

Ruhingizni bezovta qildim

Qora kunlar tushib boshimga

Yana bir bor qadringiz bildim

Onajonim meni kechiring

Yaxshi kunlar yodga olmadim

Qabringizni qo'yib sag'ana

Lekin o'zim tez-tez bormadim

Pok tutdim men sha'ningiz ammo

Zarracha dog' tushirganim yo'q

Otam bilan sizning nomingiz

Yuragimdan o'chirganim yo'q

Yuragim ham toza ko'nglim ham toza

Qotillikdan yiroqdir yo'lim

Onajonim, onajonim o'g'ri emasman

O'g'rillikka bormaydi qo'lim

Bo'lganim yo'q men shuhratparast

O'zgalarni kamsitganim yo'q

Duo oldim umrimda faqat

Ammo lan'at keltirganim yo'q!

Aybim shuki do'st deb barchani

Quvonchimga sherik qilganman

Sinab ko'rmay dardimni aytib

Dushmanimni do'st deb bilganman

Aybim shuki rost gapirganman

Do'stimga ham dushmanimga ham

Sherik bo'ldim o'zga dardiga

O'z dardimga topmadim malham

Aybim shuki bo'yin egmadim

Vijdonimni qo'yib garovga.

Mag'rur yashab qaram bo'lmadim

Sohta obro' istab birovga

Aybim shuki boylik yig'madim

Farzandimni dedim tillodan

Yomonlikka yaxshilik qildim Kulfatimni ko'rdim xudodan

So'zlarimni tushunib go'yo

Panjaraga uchdi kapalak

Onam ruhin taratib ro'yo

Qayta ato etganda yurak

Onam ruhi qayta kuch berdi

Orzu, umid berdi yurakka

O'g'lim! ozod bo'lasan dedi

Intil dedi orzu tilakka Mehmon bo'ldi tushimda onam

Makonida u tinch yotardi

Qabri uzra bosh egib turdim

  Ufqda esa quyosh botard

Категория: СмС Ота-Она | Просмотров: 1795 | Добавил: shod | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Социальные закладк

Время

Статус

Опрос
Енг яхши гурух
2118

Аудио плейер

YouTube видео

Стихи

Статистика

E:MAIL: DiLsHoDBeK_RaKhImOv@MaIl.Ru