Hayotimning bir kunini bahsh etay senga, Sen esa bir kuningni menga berib tur. Sen bir bora qalbimga solgin nazaring, Sen Bir bora mening umrim bilan yashab ko'r. Balki tushunarsan sen, meni o'shanda, Balki hasta yuragimga keladi rahming. Mening kabi sog'inib ko'rganda balki, Dermisan dunyoda meni yagona bahting. Bilarsan o'shanda, seni qanchalik, Begona ko'zlardan asrab suyganim. Tushunib yetarsan, balki yolg'iz qolganda, Bir bora eslashing kutib, kuyganim. Men bo'lsam umring ila yashasam bir kun, Bu pok sevgi qadriga har dam yetardim. Hech o'ylab o'tirmay, qo'lingdan tutib, O'zim bilan olislarga olib ketardim...
|