Jonim qiynar azoblardan olib ket meni, Men hayotda seni dedim, tutdim qo'lingdan. Men ishonib kutmog'im mumkin bir umr, Faqat sen qaytmagin, qaytma so'zingdan. Nechun keldim bu hayotga bilmayman o'zim, Go'yo zulmat ichra cho'kib boryapman. Yig'lamoq chun berilganmi bu ikki ko'zim, Men iztirob bog'idan hazon teryapman. Mayli, istasa taqdir solsin azobga, Nolimayman peshonamga yozganidan men. Ahir bundan battari ham bo'lishi mumkin, Esingdami, doim shunday aytar eding sen. Qiynagim kelmaydi seni dardlarim bilan, Ezar dilni Jonim mendan bo'lishing olis. Tushunaman, bu bevafo, telba dunyoda, Sen ham mening kabi, mendek ilojsiz...
|