Ko'z o'ngimda bir ajib tuyg'u Bosib olgan dilimni qayg'u Ko'zlarimda yo'qolgan uyqu Vafodorim seni sog'indim Eslab suxbat qurgan chog'larni Unutmasman o'shal onlarni Eslab turgin yurgan bog'larni Vafodorim seni sog'indim Ko'zlarimdan ketmas ko'zlaring Yodimdadur aytkan so'zlaring Axtaraman bosgan izlaring Vafodorim seni sog'indim Kelgil yorim qilma intizor Aziz yorim seni sog'indim
|