<YIGIT KO'NGLI> Bir ko'rishda sevgi bor, desalar ishonmasdim, Taqdir senga uchratdi, sababin bilolmasdim Bir nigoh tashlaganda devonang qilib qo'ydi, Sevgim izhor etmoqqa jur'atini qizg'ondi. Pinhona kuzatmoqqa qat'iy ahd qildim gulim, Shu maqsadlarim ila, ko'chang tomon yo'l oldim, Ne ko'z bilan ko'rayki, darvozangni oldida, Kulib o'ltirar eding, o'zga yigit oldida, Kech edi, yuzlaringda dilbar tabassum edi, Nigohlaring u tomon mehr ila boqardi Nozik qo'llaring bilan, uning sochin silarding Go'yo aynan shu onda mening qalbim tilarding O'zgasini sevarkan, degan achchiq iztirob, Meni ta'qib etardi, qiynab berardi azob Kunduzlarim sahroga, aylandi tun olovga Seni ko'rmaslik uchun, kamroq borardim darsga Oradan vaqtlar o'tdi, bilolmasdim lek qancha, Seni unutolmasdan yurardim telbalarcha. Bugun bir shum xabarni, xazm qila olmadim, Sening to'ying bo'larmush men baxtga yetolmadim. O'sha tun armonlarga dodlab nafratlar aytdim Qismatim achchiqmidi, munisamdan ayrildim. Hech bo'lmasa so'nggi bor seni baxtli ko'rmoqqa Boryapman to'ying tomon, senga baxt tilamoqqa... Lekin sening chehrangda zarra ham nur ko'rmadim Yoningdagi shahzodang, notanish, tanimadim Go'zalim mungli eding, lekin juda ham dilbar, Ikkovimiz bo'lgandik, ishq bog'ida darbadar O'tirgandim, chekkada, bir yigit choy keltirdi Tanidim u yigitni... u yigit O'SHA edi... u sening ukang ekan, taqdir meni aldadi, Netay shubha gumonlar, seni mendan ayirdi To'ydagi sho'x qo'shiqlar ustimdan kular edi, Raqqosalar raqsida, ihtehzolar bor edi Ko'zlarimni urishdim, ular meni aldadi, Qaysi gunohim uchun, bundayin zarba berdi. O'sha kuni uyimga, qaday keldim bilmayman, Ko'z yoshlarim sel bo'ldi, netay to'xtatolmayman ASLIDA HECH KIM SENI, MENDAN TORTIB OLMADI NOSHUDLIGIM TUFAYLI, TAQDIR RAVO KO'RMADI. Oq libosda armonim mungli bir nazar solding, Mening hayotim guli, o'zgaga nasib etding. O'sha kuni tushundim, sen ham meni sevarding, Iboliging tufayli izhorimni kutarding. Menchi, notavon, noshud, baxtimni asrolmadim Qo'limdan kelmadimi, dil so'zim aytolmadim Ahvolimizga boqib, faryod chekar muhabbat Netay unutolmayman, seni sevaman faqat. Go'zalim hayr endi, baxtli bo'lgin toabad BIZ NOSHUDLAR DASTIDAN YIG'LAB QOLDI MUHABBAT
<QIZ O'YLARI> Bu kecha mening to'yim, armonlarga tegyapman Orzularga qo'l silkib, sevmayin yor bo'lyapman. Hozir faqat ko'nglimda sovuq hislar o'rmanlar, Sassiz yotgan muhabbat, chirqirab faryod urar. Biroq uning yoshlari ko'zimdan oqqani yoq Yig'lamayapman-ku lek, kulmoqqa mador ham yo'q. SIZ KELIBSIZ! Yo rabbim, meni sevardingiz-ku Pinhona kuzatgancha, yo'lim poylardingiz-ku. Izhoringiz kutardim, biroq sado yo'q sizdan, Nafratlanib ketardim, sizni qo'rqoqligizdan. Javobim berilganda, sizga dil ocholmadim, Izingizdan boqib zor, mo'ltirab qolaverdim YONIMDAGI KUYOVNI SEVOLMAYMAN BILMAYDI, Yuragim sizni degan, o'zgasin tan olmaydi Qani endi shu onda bo'lganizda yonimda, Kulib o'ltirarmidim, kelin bo'lib qoshizda Shu hayollarim ila, ko'zlarim yumib oldim, Ochdim, yana begona, tag'in mung'ayib qoldim. Mehmonlar juda serob, menga baxt tilashardi Baxtim tark etar edi, qaydanam bilishardi. Ketib qolibsiz, yo'qsiz... Endi boshqa ko'rmayman, Sizni sevganman tanho, lek sizga yetolmayman. Yurakda bir og'riq bor, armonmikan, bilmayman Bu qanday qismat bo'ldi, baxtimga yetolmayman SEVGIM SHUNDAY SEVGIKI, BAXT TA'MINI TOTMADI U QALBDA ASIR EDI, IZHOR HAM ETILMADI. Balki sevmagandirsiz, bilmayman, bilolmayman, Bugundan boshlab endi, men sizga begonaman. Qalbimda so'nmas ishq bor, u men bilan qoladi, Uning makoni yurak, uni tark etolmaydi. Qanday tuyg'u ekan bu, azobli munosabat BIZ G'ARIBLAR HOLIDAN YIG'LAB QOLDI MUHABBAT