Siz quvonchsiz, siz bitta bayram, Siz bilan bir butundir olam. Siz umrimga huddi so'nggi dam, Qaytmas bo'lib kelgan bahorim. Oshiqaman har dam siz tomon, Ko'nglingizni urmasam bo'ldi. Sizsiz sog'inch qiynaydi yomon, Qaytmas bo'lib kelgan bahorim. Men kunlarni tunlarga ulab, Tongga qadar sizni kutguvchi. O'tar umr bir diydor tilab, Qaytmas bo'lib kelgan bahorim. Siz hammadan yashirgan sirim, Qalb tubida asraganimsiz. O'rningizni bosolmas hech kim, Qaytmas bo'lib kelgan bahorim.
|