Sen Otabek emassan, men esa Kumush, Shunchaki tasodif bizning uchrashganimiz. Orzularga yetmoqlik ham bo'ldi endi tush, Bir chiroyli ertak sen-la yuzlashganimiz. Hayotimda faqat bir bor uchragan bu baht, Omonat bo'lmog'ingni istamadim hech. Balki Kumush muhabbatin bera olmadim, Yoki yo'qlab keldi sevgi umrimizga kech. Almashmasman seni dunyo quvonchlariga, Buning qanday azobligin bilib tursam ham. Bir zarra bo'lsa ham hali bordir umidim, Mayli umrim so'ngigacha kutib yursam ham. Iltijoman, bu mehringdan etma benasib, Bu bevafo dunyolarga ketmagin tashlab. Yetar endi yomg'ir misol oqqan ko'z yoshlar, Nahot qolsam ortingdan dilginam g'ashlab...
|