Biz tomonda kunlar botsa, Siz tomonda tong otar. Quyosh ketdi qayga desam, Kulib sizni uyg'otar... Osmon to'la sonsiz yulduz, Bu tun menga parvona. Sizdan olib kelsa habar, Oy ham emas begona... Shamollardan o'tindim men, Yetkaz unga tilagim. Men uchun asrasin o'zin, Hayotimda keragim... Iltijoyim yetkazsinlar, Ko'kda suzgan bulutlar. Aytsin: Senga ishondi u, Umrin so'ngigacha kutar...
|