Qo'ling uzat, qo'llarimdan, Yetaklagin bahtlar tomon. Nurlar bo'lgin yo'llarimda, G'am ohidan asra meni... Jon qalbimning so'rog'iga, Ko'zlaringdan topay javob. Senikimas, begonaning, Nigohidan asra meni... Qaroqlarimga jo bo'lgin, Bahtim deya atay seni. Bu dunyoning savobin ber, Gunohidan asra meni...
|