Kiprikdagi yosh bo'lib, Eng yaqin sirdosh bo'lib. Umrimda yo'ldosh bo'lib, Qololsayding yonimda. Shu o'rtada sarson sevgi, Nechun buncha arzon sevgi. Bebosh yuragimning tengi, Bo'lolsayding yonimda. Tuyg'ularim takror-takror, Yuragimga berib ozor. Umrim o'tmasidan bekor, Qololsayding yonimda. Har bir onim erur bir baht, So'ramasman men tillo taht. Bir kun emas, sen to abad, Bo'lolsayding yonimda...
|