Havotirman, ko'rinmaysiz beg'uborim, Hatto ahvolingizdan bermaysiz darak. Muhabbatning olamida beqarorim, Yoki kutganingiz bormi mendan bo'lak. Yoki hazillashdim yana men bilmayin, Qalbingizga yetkazdimmi balki ozor. Siz bilasiz ahir juda qaysarligim, O'zgalardan qizg'onaman, aylab bezor. Yoki men bilmadim, bilolmay qoldim, Ko'nglingizga yo'l topdimi biror dilrabo. Balki bu shunchaki daydi gumonlar, Ahir men bittamanku, siz uchun tanho...
|