Soniyalar, daqiqalar, o'tib borar vaqt, Allaqachon sog'inch asir etdi qalbimni. Nima uchun sizdan buncha olisman Jonim, Hatto o'zimga ham aytolmayman dardimni. Bugun yana o'sha bevafo yomg'ir, Olib keldi sizdan faqat yolg'iz hayollar, Bunchalik bu taqdir ekan bizga toshbag'ir. Qachongacha qiynar dilni dardli savollar.
Ko'zingizga termulib men to'yolmayman, Ko'rmay o'tgan kunim esa men uchun armon. Men shundayman, men boshqacha bo'lolmayman. Hatto ming yil o'tib o'zgarganda zamon...
|