Sendek menga bo'lolmaydi hech kim mehribon, Sen vafoda tanho eding, bitta deb meni. Qayerlarda bo'lsang hamki bo'lgin sen omon, Doim tangrim panohida asrasin seni...
Men uchun ham "baxt bog'i"ni baxtiyor aylan, Ko'zlaringni tanimasin g'am degan qayg'u. Mayli ushal yigitchaga bir umr bog'lan, Olloh o'zi sevgi bersin, MUQADDAS TUYG'U...
Boshqa chekilmasin hech, dard ham alam ham, To'kilmasin endi zinhor ish deya ko'z yosh. Mayli sen deb siqilmasin qora qalam ham, Hammamizga bersin O'zi mustahkam bardosh...
Borligingni sezib yashash o'zi bir in'om, Sendek menga bo'lolmaydi hech kim mehribon...