Taqdir yo'llarimda ko'pdir gunohim,
Lekin sizning oldingizda ne bo'ldi aybim. Ko'zlarimdan kulgularni o'g'irlab olib, Ko'nglingiz to'ldimi mening Yolg'izim? Orzular ham, hayollar ham endi sizniki, Tanamdan ruhim ham tark etdi hatto. U ham ketdi siz tomon, endi bir o'zim, Yana ne istarsiz mening Yolg'izim?
Olaqoling mayli, yuragimni ham, Chunki sizsiz menga yurak ne kerak. Evaziga iltimosim, birgina so'zim, Mehr tashlab keting mening Yolg'izim. Ayni shu dam sizni yana sog'indim, Siz-chi, Nahot meni sog'inmadingiz? Sog'inchlardan yana namlandi ko'zim, Bir bor kelsangiz edi Mening Yolg'izim?
|