Sog’indim ko’chada daydishlarimiz, Kechalari bog’larda yotishlarimiz. Shaftoli, o’rig-u, giloslarni yeb, Danagin suvlarga otishlarimiz. Sirlarimiz aytar edik, Goh kulib, goh yig’lar edik. Dardlar juda oshib ketsa, Qo’shiq aytib yotar edik. Qani endi o’sha kezlar, G’am neligin bilmay bizlar, Qo’ying do’stim siqilmang deb, Aytgan o’sha shirin so’zlar Attention:. Soldat-soldat o’ynab gohi, Sinar edi daraxt shoxi. Sinsa yana o’sadi deb, Tinglamasdik daraxt oxi. Qani endi o’sha kunlar, Yulduz ila oyli tunlar. Og’aynilar to’planishib, Xursandchilik qilgan yillar. Afsus endi qaytmas zinxor, Qaytsa edi yana takror. Men qishloqdan ketmasimdan, To’plansaydik yana bir bor.
|