Tongda esgan shabadadan so'rayman Olib kelgin yurtim hidin, iforin. Oltin kabi tuprog'in ko'zga surayman Sog'inganman, havo, suvin, Bahorin. Sog'inganman chumchuqlari chig'irlab Orom bermay tongda tinmay kuylashin. Sog'inganman bolajonlar qiqirlab Bog'larida bekinmachoq o'ynashin Sog'inganman onajonlar jam bo'lib Sumalaklar solib, davra qurishin. Soginganman Navruzida halqimning Dilda shodlik ila davron surishin! Sog'inganman O'sha ona qishlog'im Qatag'anim, mani aziz tuprog'im Sen yaqinim lekin juda yirog'im Senda onam, bolam, ko'zim qarog'im. Jon qishlog'im aytchi rostini menga Sog'indingmi mendek darbadaringni? Diydor qumsam talpinay doim senga Bosgin meni ona qishloq bag'ringga. Mayli bir on, bir zum anhor bo'yidan Yalpizlaru qoqigullar terayin. To'yib boy'lab bolajonim bo'yidan, Etagida mayliga jon berayin!!
|