Sog’inch sahifasin varaqlab sahar Subhidam saboga sog’inchim so’ylay. U abgor holimdan etkazsin habar, Olislarda tengsiz vaslingni kuylay. Sensiz soniyalar go'yo asrday,
Sen bilan asrlar bir onda o’tar. Yuragim qo’lingda tutqun-asirday, Sendan chimdim mehrni kutar. Qiynama qiynalgan yarimta jonim Sog’inch gulhanida yonganim etar. Umidim visolingga etishgan onim, Hijron azoblari dilni tark etar.
|