Yana ko'zimda yosh, dilimda alam Alamim qo'limga tutqazar qalam Ohlarim bilmaysiz, bilmaysiz nolam Qaniydi men Sizni sog'inmasaydim. Kunlar o'taverar, o'tadi vaqt ham O'tadi-ketadi bir zumlik baxt ham Kun kelib bitadi dildagi dard ham Ungacham men Sizni sog'inmasaydim.
|