Yoqimli so'zlardan bezgan bu ko'ngil, Istagi tinglamoq bir sening so'zing. Yoqmaydi sohta noz, sohta tuyg'ular, Qanday nozik ediya sening ovozing. Ancha vaqt o'tibdi, va lekin hamon, Yuragim to'ridan bir dard ketmaydi. Go'zallarni ko'rdim, go'zalim ammo, Ularning hech biri senga yetmaydi.