Qishni kunlari ham o'tadi asta, burnimni chimchilar sovuq shamollar. mening oqshomlarim g'amgin shikasta, sog'intirar meni Vodiy tomonlar.... Oy yolg'iz samoda, erda men yolg'iz miltillab ustimdan kular yulduzlar. mening boradigan manzilim olis, sog'intirar meni olis tomonlar.... Ba'zida yum yum yig'laydi ko'ksim, ba'zida yurgaimni bosadi toshlar. meni chorlayverar ona qishlog'im, sog'intirar meni vodiy tomonlar.... Qolmasman bu erda ketgumdir bir kun, mayli o'tsin vaqtlar, yillar va oylar qolmasman hammasidan kechgumdir bir kun sog'intirar meni Vodiy tomonlar..... Sog'inchimni qog'ozga solsamda hatto, o'ksigan ko'nglimga bermaslar orom. qaytgunimcha men, qishlog'imga to...., Sog'inib tursin meni Vodiy tomonlar....
|