Sog'inib bir bora ko'rolmaganim, Ko'rganda ham tuyib qarolmaganim. Qiynalib bir ko'ngil so'rolmaganim, Tuyg'ularim haqqi sizni SOG'INDIM. Hijron azobidan yuragim pora, Sizni sog'indim deb ayting bir bora. Qalbim malhami shu bo'lsa zora, Tuyg'ularim haqqi sizni SOG'INDIM!
|