So'rasalar agar mendan birovlar, Qalbimdagi senga bo'lgan go'zal sevgini. Barcha quvonchlarimni berishim mumkin, Mayli azoblarimda asrayman uni. Agar so'rasalar, senga orziqib, Seni kutib o'tgan birgina kunni. Men qo'llarim kuchini berishim mumkin, Madorsiz bu tanam bilan asrayman uni. Olmoq istasalar ular, seni hajringda, Ko'zlarimdan sizib chiqqan bitta tomchini. Men ko'zlarim nurini berishim mumkin, So'qir ko'zning qarog'ida asrayman uni. Kerak bo'lsa olsinlar hasta jonimni, Vujudimni ming bo'lakka qilsinlar judo. Men har qanday azobga chidashim mumkin, Lek sevgimiz panohida asrasin Hudo...!
|