Erkam seni yomg'irday mayin,
Sharros yog'ib sevaveraman.
Qo'msab seni,, yana kun sayin
Esdan og'ib sevaveraman.
Eriyotgan sham kabi yonib
So'ngra so'nib sevaveraman.
Da'vo qilmay qismatdan tonib
Borga ko'nib sevaveraman.